Ishbilarmonlik obro'sini saqlab qolish va O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablarining bajarilishini ta'minlash maqsadida Operator Operatorning biznes-jarayonlarida shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berishning qonuniyligini ta'minlash va Operator tomonidan ishlov beriladigan shaxsga doir ma'lumotlar xavfsizligining tegishli darajasini ta'minlashni eng muhim vazifa deb hisoblaydi.
Operator shaxsga doir ma'lumotlardan foydalanish imkoninini olgan boshqa shaxslardan, agar O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, shaxsga doir ma'lumotlar subyektining roziligisiz shaxsga doir ma'lumotlarni uchinchi shaxslarga oshkor qilmaslikni va tarqatmaslikni talab qiladi.
Shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish jarayonida xavfsizlikni ta'minlash maqsadida Operator shaxsga doir ma'lumotlarni noqonuniy yoki tasodifiy foydalanish imkonidan himoya qilish, shaxsga doir ma'lumotlarni yo'q qilish, o'zgartirish, blokirovka qilish, nusxalash, taqdim etish, tarqatish, shuningdek ularga nisbatan boshqa noqonuniy xatti-harakatlardan himoya qilish uchun zarur va yetarli huquqiy, tashkiliy va texnik choralarni ko'radi.
Operator o'zi amalga oshirayotgan shaxsga doir ma'lumotlarni tashkiliy va texnik himoya qilish bo'yicha barcha tadbirlar qonuniy asoslarda, shu jumladan shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish masalalari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablariga muvofiq amalga oshirilishini ta'minlaydi.
Shaxsga doir ma'lumotlarning yetarli darajada himoya qilinishini ta'minlash maqsadida Operator shaxsga doir ma'lumotlarning xavfsizligi buzilgan taqdirda shaxsga doir ma'lumotlar subyektlariga yetkazilishi mumkin bo'lgan zararni baholashni o'tkazadi, shuningdek shaxsga doir ma'lumotlarning axborot tizimlarida ishlov berilanganda shaxsga doir ma'lumotlar xavfsizligiga dolzarb tahdidlarni aniqlaydi.
Aniqlangan dolzarb tahdidlarga muvofiq Operator axborotni himoya qilish vositalaridan foydalanish, shaxsga doir ma'lumotlardan ruxsatsiz foydalanish faktlarini aniqlash va choralar ko'rish, shaxsga doir ma'lumotlarni tiklash, shaxsga doir ma'lumotlardan foydalanishni cheklash, shaxsga doir ma'lumotlar bilan harakatlarni ro'yxatdan o'tkazish va hisobga olish, shuningdek shaxsga doir ma'lumotlar xavfsizligini ta'minlash bo'yicha qo'llaniladigan chora-tadbirlar samaradorligini nazorat qilish va baholashni o'z ichiga oladigan shaxsga doir ma'lumotlar xavfsizligini ta'minlash uchun zarur va yetarli huquqiy, tashkiliy va texnik choralarni qo'llaydi.
Operator rahbariyati shaxsga doir ma'lumotlar xavfsizligini ta'minlashning ahamiyati va zarurligini tushunadi va Operatorning asosiy faoliyati doirasida ishlov berilayotgan shaxsga doir ma'lumotlarni himoya qilish tizimini doimiy ravishda takomillashtirishni rag'batlantiradi.
Operator shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berishni tashkil etish va xavfsizligini ta'minlash uchun mas'ul shaxslarni tayinlaydi.
Shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berishni bevosita amalga oshiruvchi Operatorning har bir yangi xodimi shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish va xavfsizligini ta'minlash bo'yicha O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablari, ushbu Siyosat va Operatorning shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish va xavfsizligini ta'minlash masalalari bo'yicha boshqa mahalliy hujjatlari bilan tanishib chiqadi va ularga rioya etish majburiyatini oladi.